IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA O‘ZBEKISTONDA TABIIY XARAKTERDAGI FAVQULODDA VAZIYATLARNI PROGNOZ QILISH VA BOSHQARISH
Keywords:
iqlim o‘zgarishi, O‘zbekiston, favqulodda vaziyatlar, prognozlash, xavfni boshqarish, raqamli monitoring, erta ogohlantirish, infratuzilma chidamliligi, iqlimiy adolat, barqaror rivojlanish.Abstract
Ushbu tezisda global iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston hududidagi tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarga ta’siri hamda ularni prognoz qilishning zamonaviy usullari tadqiq etilgan. Maqolada so‘nggi yillarda kuzatilayotgan anomal issiq to‘lqinlar, muzliklarning jadal erishi va gidrologik rejimning o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy e’tibori favqulodda vaziyatlarni boshqarishda raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, erta ogohlantirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda infratuzilmalarni iqlimiy chidamliligini oshirish strategiyalariga qaratilgan. Shuningdek, Orolqum omili va chang bo‘ronlariga qarshi ekosistemaga asoslangan moslashuv choralari hamda iqlimiy adolat tamoyillari asosida zaif qatlamlarni himoya qilish masalalari yoritilgan. Tezis yakunida O‘zbekiston sharoitida tabiiy ofatlar talafotini kamaytirishga qaratilgan proaktiv boshqaruv modellari va ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. "Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi O‘RQ-631-son Qonuni. – Toshkent, 2020.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. "O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-5863-son Farmoni. – Toshkent, 2019.
O‘zgidromet hisoboti. "Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining To‘rtinchi milliy xabarnomasi". – Toshkent, 2021.
Nigmatov A.N. "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish" (Darslik). – Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. – 320 b.
Chub V.E. "Iqlim o‘zgarishi va uning O‘zbekiston tabiiy resurslariga ta’siri". – Toshkent: Uzgidromet, 2007. – 150 b.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rasmiy sayti (www.eco.gov.uz).