QAHRAMON RUHIYATINI TASVIRLASHDA XARAKTER VA MOTIVNING AHAMIYATI
Abstract
Har bir yozuvchi badiiy asar yaratar ekan, unda turli obraz va xarakterni tasvirlaydi. Muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o’zida uyg’un mujassam etgan inson obrazi xarakter bo’la olishi mumkinligi manbalarda keltiriladi[1] . Aristotelning “Poetika” asarida shaxs irodasi yo’nalishini ko’rsatuvchi narsa xarakterni belgilashi keltiriladi. Shuningdek, Timofeyev fikriga ko’ra, obrazning yadrosi xarakter bo’lsa, G.A.Abramovich ta’kidlashicha, qahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui xarakter deb yuritiladi[2] . Badiiy asarda xarakterni belgilovchi ruhiy xususiyatlar shaxsning iroda yo’nalishi uning umumlashmaligini aniqlashga xizmat qiladi. Nazariy fikrga asoslangan holda Asqad Muxtorning “Chinor” romanidagi bir necha xarakterlar tahliliga to’xtalamiz. Jumladan, Ochil buva, Akbarali, Komila obrazlarining xarakterga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.
[1] Quronov D, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug’ati.Toshkent:Akademnashr, 2013.
[2] Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent:O’zbekiston, 2002.
References
1. Quronov D, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug’ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013.
2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 2002.
3. Ahmadjonova O. Badiiy asar qahramonining psixologik va psixofiziologik talqini. Filol.fan.bo’yicha fals. d-ri(PhD)…diss. – Farg’ona, 2023.
4. Botirova Sh. Hozirgi o’zbek romanlarida psixologizm. Filol.fan.bo’yicha fals. d-ri(PhD)…diss. – Qarshi, 2019.
5. Asqad Muxtor. Chinor. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015.
6. ziyouz.com sayti