O‘ZBEK VA KOREYS TILLARIDAGI O‘XSHASH FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Olimova Robiyaxon Xalimjon qizi FarDU Xorijiy til va adabiyot fakulteti 1-bosqich talabasi Author
  • M. Qurbonova Ilmiy rahbar, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Author

Keywords:

frazeologik birliklar, idiomalar, qiyosiy tahlil, o‘zbek tili, koreys tili, lingvomadaniyat, semantika, barqaror birikmalar, metafora, til va madaniyat munosabati.

Abstract

Ushbu ilmiy maqola o‘zbek va koreys tillaridagi o‘xshash frazeologik birliklarning qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqotda har ikkala tilda  qo‘llanadigan idiomalar, barqaror birikmalar, metaforik ma’nolar va ularning lingvomadaniy xususiyatlari o‘rganildi. Asosiy e’tibor o‘zbek va koreys xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, milliy tafakkuri frazeologizm mazmuniga qanday ta’sir ko‘rsatishi masalasiga qaratildi. Tahlil jarayonida semantik, struktur va funksional mezonlar bo‘yicha o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanib, har ikki tildagi umumiyliklar – ayniqsa inson xarakteri, kundalik hayot, hissiyotlarni ifodalovchi iboralarda ko‘proq uchrashi ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va koreys tillarini o‘rganuvchilar, tarjimonlar, hamda qiyosiy tilshunoslik  bo‘yicha izlanish olib boruvchilar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Downloads

Published

22-11-2025

How to Cite

O‘ZBEK VA KOREYS TILLARIDAGI O‘XSHASH FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIY TAHLILI. (2025). INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY STUDIES AND EDUCATION, 2(4), 303-305. https://eoconf.com/index.php/icmse/article/view/345