OTMDA TADQIQOT OLIB BORISH METODIKASI
Keywords:
metodika, ilmiy tadqiqot, OTM, metodologiya, innovatsiya, talaba tadqiqotchilik kompetensiyasi, ilmiy faoliyat.Abstract
: Mazkur maqolada O‘quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash sharoitida OTMda tadqiqot olib borish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda ilmiy izlanish bosqichlari, metodologik yondashuvlar, empirik va nazariy tadqiqot usullaridan samarali foydalanish yo‘llari hamda talabalarda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy ilmiy metodlar — statistik tahlil, modellashtirish, eksperiment, kuzatish va taqqoslash usullarining o‘rni va ularning oliy ta’lim muassasalarida qo‘llash mexanizmlari keng yoritilgan. Olingan natijalar OTMlarda ilmiy izlanish jarayonini takomillashtirish, yosh tadqiqotchilarni mustaqil ilmiy ishlashga tayyorlash hamda innovatsion ta’lim muhitini yaratishda muhim ahamiyatga ega.