O‘RTA OSIYONING ANTIK DAVR MODDIY MADANIYATI

Authors

  • Saidalimova Muzayyana Baxtiyorjon qizi Qo‘qon universtiteti Andijon filiali Tarix yo‘nalishi 1-kurs talabasi Author
  • Ergashboyeva Xadichaikubro Ikromjon qizi Qo‘qon universtiteti Andijon filiali Tarix yo‘nalishi 1-kurs talabasi Author

Abstract

O‘rta Osiyo miloddan avvalgi IV asrning boshigacha ahamoniylar tarkibida kirgan va bir necha satraplikdan iborat bo‘lgan. Miloddan avvalgi 327- yil Sirdaryoning o‘rta oqimigacha cho‘zilgan yerlar yunonlar tomonidan bosib olingan. Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‘ng bu yerlar miloddan avvalgi IV asrlar oxirida Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Miloddan avvalgi III asrning boshida Yaksar (Sirdaryo) orti hududida, ya'niy Toshkent vohasi ham salavkilar davlati tasarrufiga o‘tadi. Miloddan avvalgi II asrga kelib, O‘rta Osiyo hududlarida yunon-makedon hukmronligi zaiflay boshlaydi va mahalliy kuchlar – Qang‘ davlati, Yunon-Baqtriya podsholigi hamda keyinchalik Kushonlar imperiyasi shakllanadi. Bu davrda turli siyosiy o‘zgarishlarga qaramay, mintaqaning iqtisodiy hayoti, shahar madaniyati va hunarmandchilik markazlari rivojda bo‘lgan. Ahamoniylar, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda moddiy madaniyat yuksak bosqichga ko‘tarilgan. Ayniqsa, Sug‘d, Baqtriya va Xorazm hududlarida shaharsozlik, mudofaa devorlari, qal’alar va hokim saroylari qurilishi me’morchiligi rivojlandi.  Sug‘orish tizimlari kengaytirilib, dehqonchilik rivojlandi. Hunarmandchilik – kulolchilik, metallga ishlov berish, zargarlik, to‘qimachilik ancha taraqqiy etdi.  Savdo yo‘llari, ayniqsa “Buyuk Ipak yo‘li”ning  ilk shakllanishi  moddiy madaniyatga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.

Downloads

Published

11-12-2025

How to Cite

O‘RTA OSIYONING ANTIK DAVR MODDIY MADANIYATI. (2025). INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY STUDIES AND EDUCATION, 2(5), 94-95. https://eoconf.com/index.php/icmse/article/view/514