BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA NATIJAVIY BAHOLASHNING AHAMIYATI
Abstract
Natijaviy baholash o‘quvchilarning matematik bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, ularning mustaqil fikrlash darajasini baholashda muhim vosita sifatida hizmat qiladi. Shuningdek, baholash jarayonida zamonaviy yondashuvlar va mezonli baholashning o‘rni tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida baholash o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash bilan birga, ularning o‘qishga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida baholashning to‘g‘ri tashkil etilishi o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, hisoblash malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, natijaviy baholash o‘quvchilarning ma’lum bir bosqichda erishgan yutuqlarini aniqlash imkonini beradi. Natijaviy baholash tushunchasi va uning mazmuni. Natijaviy baholash- bu o‘quv jarayonining yakunida o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini aniqlashga qaratilgan baholash turi hisoblanadi. U odatda mavzu, bo‘lim yoki chorak yakunida o‘tkaziladi. Natijaviy baholash samarali bo‘lishi uchun u aniq mezonlar asosida tashkil etilishi lozim.