Kompetensiyaviy yondashuv sharoitida boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish metodikasi
Keywords:
Kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, mustaqil fikrlash, muammoli o‘qitish, loyihaviy faoliyat, tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, interfaol metod, o‘quv motivatsiyasi.Abstract
Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishi, mustaqil fikrlay olishi, ijodiy yondasha bilishi ta’lim tizimining asosiy maqsadiga aylangan. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham aynan o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, uni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etuvchi, mustaqil qaror qabul qila oladigan inson sifatida tayyorlash zarurligi ta’kidlanadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi — o‘quvchilarda bilishga qiziqish, tafakkur, idrok, tahlil va umumlashtirish kabi intellektual jarayonlar shakllanadigan davrdir. Shu sababli kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning eng samarali yo‘lidir.