TIBBIY TERMINOLOGIYANI O‘QITISHDA LINGVOKULTUROLOGIYANING AHAMIYATI
Keywords:
Lingvokulturologiya, tibbiyot terminologiyasi til va madaniyat tilshunoslik ,madaniy kontseptsiyasi , lingvistik tarjima , madaniy moslashuv, tibbiy talim, kommunikativ kampentatsiya ,tibbiy leksika, lotin va yunon tillari, lingvistik yondashuv.Abstract
Mazkur maqolada tibbiy terminologiyani o‘qitishda lingvokulturologik yondashuvning ahamiyati yoritilgan. Tibbiy terminlar nafaqat ilmiy, balki madaniy va tarixiy ma’no yukiga ham ega ekani ta’kidlanadi. Lingvokulturologiya fanining o‘qitish jarayoniga tatbiq etilishi orqali talabalar tibbiy atamalarning kelib chiqishi, semantik tuzilishi, milliy va xalqaro kontekstdagi qo‘llanilishi haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘ladilar. Maqolada tibbiy terminlarning lotin va yunon tillaridagi manbalari, ularni o‘zbek tilida to‘g‘ri talqin qilish va madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani shakllantirish masalalari ham yoritilgan. Shuningdek, tibbiy ta’limda etimologik tahlil, qiyosiy o‘rganish, madaniy kontekstda yondashuv kabi metodlarning samaradorligi ko‘rsatib o‘tilgan. Lingvokulturologiya kontseptsiyasi: til va madaniyat o'rtasidagi munosabatni, madaniy tushunchalarning tilda ifodalanishini o'rganadigan bo'limi