Loyiha boshqaruvida kiberxavfsizlik integratsiyasi: Amaliy tajribalar, cheklovlar va signal-tasvir loyihalaridagi qo‘llanilishi
Keywords:
kiberxavfsizlik; tashkiliy madaniyat; loyihaning hayot aylanishi; loyihalar boshqaruvi; risklarni boshqarish; kichik va o‘rta korxonalar (KO‘K); signalni qayta ishlash; tasvirlarni qayta ishlash; kompyuter ko‘rish; sensor texnologiyalari; biometrik tasvirlar xavfsizligi; ma’lumotlarni shifrlash; real vaqt signallari; IoT signal xavfsizligi; videoanalitika.Abstract
Loyiha boshqaruvida raqamli vositalar signal, tasvir va IoT ma’lumotlari bilan real vaqt ishlashi sababli kiberxavfsizlik tahdidlarini oshirmoqda. Tadqiqot Arksey va O’Malley yondashuvi asosida IEEE Xplore, Scopus va Web of Science bazalaridagi adabiyotlarni tahlil qilib, signal va tasvirlarni qayta ishlash bosqichida yuzaga keladigan maxsus xavflarni o‘rgandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, loyiha menejerlarida ushbu ma’lumotlarni shifrlash, uzatish kanallarini himoyalash va risklarni kamaytirish bo‘yicha yetarli malaka yetishmaydi. Adabiyotlarda amaliy tadqiqotlar va kiberxavfsizlikni loyihaning butun hayot aylanishiga integratsiya qilish bo‘yicha aniq metodik asoslar yetarli emas. Tadqiqot menejerlar uchun amaliy ko‘rsatmalar va sohaga xos xavfsizlik metodologiyalarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi.