O‘sib boruvchi miopiyali bеmorlarda zamonaviy jarrohlik usullari yordamida korrеksiya samaradorligini baholash
Keywords:
o‘sib boruvchi miopiya, refraksion jarrohlik, LASIK, SMILE, fakik intraokulyar linza, miopiya progressiyasi, klinik samaradorlik.Abstract
O‘sib boruvchi miopiya oftalmologiyada dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Uning tez sur’atlarda kengayib borishi, ayniqsa yoshlar orasida, vizual qobiliyatning pasayishi va asoratlar rivojlanishiga olib kelmoqda. Mazkur ilmiy maqolada o‘sib boruvchi miopiyali bemorlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy jarrohlik usullari – lazer refraksion operatsiyalar (LASIK, FemtoLASIK, SMILE), fakik intraokulyar linzalar implantatsiyasi (ICL) hamda skleral mustahkamlovchi operatsiyalarning klinik samaradorligi baholanadi. Prospektiv klinik kuzatuvlar natijalari asosida jarrohlikdan keyingi refraksion barqarorlik, ko‘rish o‘tkirligi, miopiya progressiyasi sur’ati va asoratlar tahlil qilingan. Olingan natijalar o‘sib boruvchi miopiyada individual yondashuv asosida jarrohlik usulini tanlash muhimligini ko‘rsatadi.