OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING KONSTITUTSIYAVIY MAQOMI
Keywords:
Ommaviy axborot vositalari, OAV, huquqiy asos, konstitutsiyaviy maqom, axborot, jurnalistik faoliyat, jurnalist, senzura, erkinlik.Abstract
Ommaviy axborot vositalari (OAV) har qanday demokratik jamiyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular fuqarolarning axborot olish, fikr bildirish va jamoatchilik fikrini shakllantirish huquqlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada OAV tushunchasi va ularning jamiyatdagi o‘rni keng qamrovli yoritilgan bo‘lib, ularning erkinligi, qonuniy asoslarda faoliyat yuritishi bilan bog‘liq munosabatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur mavzu doirasida ommaviy axborot vositalarining huquqiy maqomi, axborot tarqatish jarayonida yuzaga keladigan muammolar shuningdek, jurnalistikaning o‘ziga xos jihatlari va blogerlik faoliyati o‘rtasidagi farqlar ham batafsil ko‘rib chiqildi. Jurnalistlar va blogerlarning axborot tarqatish borasidagi huquqlari, ularning jamiyat oldidagi mas’uliyati, shuningdek, ularning faoliyati qanday me’yoriy-huquqiy asoslar bilan tartibga solinishi haqida fikr yuritildi va senzuraning taqiqlanishi atroflicha muhokama qilindi. Ushbu masalalar doirasida jurnalistlarning axborot manbalaridan foydalanish huquqlari, yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar va ommaviy axborot vositalarining jamiyat oldidagi burchlari haqida ham fikr yuritildi. Shu bilan birga, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun qonuniy me’yorlarga rioya qilish, axborotning haqqoniyligi va xolisligini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatli yondashuv muhimligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining huquqiy maqomi Konstitutsiya hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan bo’lib, ushbu maqolada mamlakatimizda OAVning konstitutsiyaviy maqomi tahlil qilinib, xorijiy tajriba bilan qiyosiy tahlilda o‘rganildi. Ushbu qiyosiy tahlillar natijasida mavjud qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
References
1. Konstitusiviy huquq: darslik / Mualliflar jamoasi. - T.: TDYU nashriyoti, 2024. -800b.
2. Ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy asoslari: o’quv qo’llanma / J. Qudratillayev, J. Ilxombekov. - T.: TDYU nashriyoti, 2023. -80b.
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
4. O’zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi qonuni
5. O’zbekiston qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi . Qudratillayev.J. “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi va qonunga muvofiq faoliyat yuritishi”. Available at: https://in-academy.uz
6. Germaniya: To’rtinchi hokimiyat qanday ishlashi kerak?. Avilable at: https://n.ziyouz.com
7. “Worldwide round-up of journalists killed, detained, held hostage, or missing in 2018” (PDF). Reporters Without Borders. 1 December 2018.
8. Ne’matov, M. . (2023). Jurnalist daxlsizligining xalqaro huquqda ta’minlanishi. Молодые ученые, 1(18), 127–131.
9. “Shield Law” / Journalists, Media, Protection. Available at: https://www.britannica.com
10. Федотов М. А. Гласност и цензура: возможност сосущэствования // Советскоэ государство и право: журнал. — Наука, 1989. — Вып. 7.