Kosmik ob’ektlar ustidan yurisdiktsiya: xalqaro huquqdagi “bo‘shliq” masalasi.
Keywords:
Kosmik huquq, yurisdiktsiya, kosmik fazo, xalqaro shartnomalar, egalik nizolari, xalqaro xavfsizlikAbstract
Kosmik fazoni o‘zlashtirish bugungi kunda xalqaro siyosat va diplomatiyada keskin e’tibor markazida turibdi. Biroq xalqaro huquqda kosmik ob’ektlar ustidan egalik va yurisdiktsiya masalasi hanuzgacha to‘liq tartibga solinmagan. Ushbu maqolada mavjud xalqaro shartnomalar – xususan, 1967-yilgi Kosmik shartnoma – asosida yurisdiktsiyaning qamrovi va cheklovlari tahlil qilinadi. Xususiy kompaniyalarning (SpaceX, Blue Origin) paydo bo‘lishi bilan yurisdiktsiya masalalari yangi murakkablik kasb etmoqda. Maqola davomida xalqaro huquqda mavjud bo‘shliqlar, davlatlar o‘rtasidagi ehtimoliy ziddiyatlar va bu masalaning xalqaro xavfsizlikka ta’siri yoritiladi. Yangi xalqaro mexanizmlarni shakllantirish bo‘yicha takliflar bildiriladi.
Downloads
Published
2025-08-29
Issue
Section
Articles
How to Cite
Kosmik ob’ektlar ustidan yurisdiktsiya: xalqaro huquqdagi “bo‘shliq” masalasi. (2025). INTERNATIONAL CONFERENCE ON SCIENCE, ENGINEERING AND TECHNOLOGY, 2(2), 45-47. https://eoconf.com/index.php/icset/article/view/82