Boshlangich sinflarda shashka sportining ahamiyati
Keywords:
shashka, boshlang‘ich ta’lim, mantiqiy fikrlash, tafakkur, strategiya, diqqat, xotira, sabr-toqat, intizom, sport madaniyati, mustaqil qaror, o‘quvchilar rivojiAbstract
Boshlang‘ich sinflarda shashka sportini o‘qitish va targ‘ib qilish o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishida muhim pedagogik ahamiyatga ega. Mazkur o‘yin turi bolalarda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, solishtirish va umumlashtirish kabi intellektual ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shashka jarayonida o‘quvchilar har bir yurishni oldindan o‘ylab amalga oshirishi, ehtimoliy natijalarni baholashi va strategik qarorlar qabul qilishi talab etiladi. Bu esa ularning tafakkur doirasini kengaytiradi hamda mustaqil fikr yuritishga o‘rgatadi.Shuningdek, shashka sporti o‘quvchilarda diqqatni jamlash, xotirani mustahkamlash va sabr-toqatni rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘yin davomida yuzaga keladigan turli vaziyatlar bolalarning muammoli holatlarda to‘g‘ri yo‘l topish, tezkor va aniq qaror qabul qilish qobiliyatini oshiradi. Bundan tashqari, shashka o‘quvchilarda raqibga nisbatan hurmat, halollik, intizom va sport madaniyatini shakllantiradi.
References
1. Shavkat Mirziyoyev asarlari va nutqlari to‘plami. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2015.
5. Nurmatov A. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Fan, 2018.
6. Usmonov K. Mantiqiy o‘yinlar va ularning ahamiyati. – Toshkent: O‘qituvchi, 2017.