BIOLOGIYA TA’LIMIDA RAQAMLI RESURSLAR VA METAKOGNITIV STRATEGIYALAR INTEGRATSIYASINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Keywords:
biologiya ta’limi, raqamli resurs, metakognitiv strategiya, didaktik imkoniyat, virtual laboratoriya, interaktiv platforma, reflektiv tahlil, o‘z-o‘zini baholash.Abstract
Ushbu tezisda biologiya ta’limida raqamli resurslar va metakognitiv strategiyalarni o‘zaro integratsiyalashning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning faqat nazariy bilimlarni egallashi emas, balki o‘z bilish jarayonini anglash, rejalashtirish, nazorat qilish, xatolarini tahlil qilish va o‘zlashtirish natijalarini baholash ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli ta’lim resurslari, virtual laboratoriyalar, interaktiv platformalar, elektron testlar, animatsion modellar va simulyatsiyalar metakognitiv strategiyalar bilan uyg‘unlashtirilganda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, reflektiv yondashuvi va o‘z-o‘zini boshqarish faoliyati rivojlanadi. Tezisda biologiya darslarida raqamli resurslardan foydalanish orqali metakognitiv strategiyalarni qo‘llashning metodik yo‘nalishlari asoslab beriladi.
References
Flavell J.H. Metacognition and cognitive monitoring: A new area of cognitive-developmental inquiry. American Psychologist, 1979.
Schraw G., Dennison R.S. Assessing metacognitive awareness. Contemporary Educational Psychology, 1994.
Zimmerman B.J. Self-regulated learning and academic achievement: An overview. Educational Psychologist, 1990.
Mayer R.E. Multimedia Learning. Cambridge University Press, 2009.
UNESCO. ICT Competency Framework for Teachers. Paris: UNESCO, 2018.