SINTOIZM DINI: KELIB CHIQISHI, ASOSIY TA'LIMOTLARI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O‘RNI
Keywords:
sintoizm, Yaponiya, kami, muqaddas ibodatxonalar, diniy marosimlar, an’analar, ma’naviy qadriyatlar, tabiatga sig‘inish, dinshunoslik.Abstract
Sintoizm dini Yaponiyaning eng qadimiy milliy dini hisoblanib, u xalqning urf-odatlari, an’analari, ma’naviy qadriyatlari va madaniy hayoti bilan uzviy bog‘liqdir. Mazkur maqolada sintoizm dinining vujudga kelish tarixi, shakllanish bosqichlari, asosiy e’tiqodiy qarashlari, xudolar va ruhlar haqidagi tasavvurlari, muqaddas maskanlari hamda diniy marosimlari yoritiladi. Shuningdek, sintoizmning buddaviylik va boshqa diniy ta’limotlar bilan o‘zaro aloqalari, ularning Yaponiya jamiyati taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sintoizm dinining inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashdagi o‘rni, ekologik qarashlarning shakllanishiga qo‘shgan hissasi hamda insonning ma’naviy kamolotidagi ahamiyati ochib beriladi. Bundan tashqari, zamonaviy globallashuv sharoitida sintoizmning rivojlanish xususiyatlari, uning Yaponiya milliy o‘zligini saqlab qolishdagi o‘rni hamda yosh avlod tarbiyasiga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijalari sintoizm dinining nafaqat diniy ta’limot sifatida, balki yapon xalqining tarixiy-madaniy merosi va ma’naviy hayotining muhim tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
References
1. Dinshunoslik. Oliy ta'lim muassasalari uchun darslik. – Toshkent, 2023. [214–220. ]
2. Jo‘rayev U. Dinshunoslik asoslari. – Toshkent, 2022. [185–192.]
3. Ahmedov A. Jahon dinlari tarixi. – Toshkent, 2020. [241–248. ]
4. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – Toshkent, 2018.[ 623–625.]
5. Hinnells J. The Routledge Companion to the Study of Religion. – London, 2015. [367–372. ]
6. Kodziki. Ancient Records of Japan. – Tokyo: University of Tokyo Press, 1968. [45–58. ]
7. Nihon Shoki. Chronicles of Japan. – Tokyo, 1997. [60–75. ]
8. Picken S. Historical Dictionary of Shinto. – Scarecrow Press, 2011. [291–305. ]
9. Bowker J. World Religions. – London, 2006. [178–183. ]
10. Ellwood R. Japanese Religion. – New Jersey, 2008. [112–126.]