MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN FAOLIYAT TURLARI
Keywords:
Kreativlik , pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyatga kreativ yondashuv, maktabgacha ta`lim, maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalar, innovatsion texnologik jarayon, tarbiyachi, ijodiy faoliyat.Abstract
Maktabgacha ta’lim tashkilotida kreativlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatlar bolalarning mustaqil fikrlashi, yangicha yondashuvlari va ijodiy salohiyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu jarayonda o‘yin texnologiyalari, san’at, konstruktorlik, musiqiy va teatr mashg‘ulotlari orqali bolalarda tasavvur, estetik did hamda muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari rivojlanadi. Pedagoglar innovatsion metodlardan, interfaol usullardan va integratsiyalashgan mashg‘ulotlardan foydalanib, har bir bolaning individualligini qo‘llab-quvvatlashlari zarur. Bunday faoliyat bolani faollikka, mustaqil fikr bildirishga va ijtimoiylashuvga undaydi, natijada uning intellektual hamda shaxsiy rivoji uchun puxta zamin yaratiladi. kreativlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatlar bolalarning shaxsiy rivoji, tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi. Bu jarayonda pedagoglar zamonaviy innovatsion texnologiyalar, interfaol o‘yinlar, san’at, musiqa va teatr elementlarini uyg‘unlashtirgan mashg‘ulotlardan foydalanadilar. Har bir faoliyat turi bolada mustaqil fikrlash, yangilikka intilish, muammolarni noodatiy hal etish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Shuningdek, kreativ yondashuv orqali bolaning kommunikativ madaniyati, estetik didi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Natijada, bu jarayon maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy maqsadi — har tomonlama barkamol, ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.05.2019 yildagi PQ-4312-
son. https://lex.uz/docs/-4327235
2.Матмусаева, М. А. Талабалар портфолиоларини тайёрлаш шароитлари. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 9, pp. 129- 131). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro
3.Матмусаева, М. А. Талабаларнинг ўқув фаолиятларини назорат қилишнинг инновацион характери. In Сборники конференций НИЦ Социосфера 2016-ншд (No.9,pp.127-128).
4. G‘anieva, M. M.Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi. – Toshkent: Iqtisod-Moliya.2021-yil – 185 b.
5.Xodjayeva, D. T. “Kreativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni rivojlantirish”. // Maktabgacha ta’lim jurnali, 2018-yil №4.– B. 25–31.
6.To‘xtayeva, M. Sh. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari. – Toshkent: TDPU nashriyoti. – 2022-yil 210 b.
7.Nurmatova, Z. R.“Bolalarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining o‘rni”. // Ta’lim va innovatsiya ilmiy jurnali, 2022-yil №2. – B. 40–46.
8.Qodirova, N. M. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarning kognitiv faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”.2019-yil – 198 b.