ABDURAZZOQ GURNA ROMANLARIDA RUHIY HOLATLARNI IFODALASHDA TIL VA USLUB VOSITALARINING O‘RNI
Keywords:
Abdurazzoq Gurna, “By the Sea”, postmustamlaka adabiyoti, ruhiy travma, lingvopoetika, metafora, jimlik, intertekstualik, identitet, fragmentar xotira.Abstract
Maqolada Abdurazzoq Gurna ijodida, xususan “By the Sea” romanida ruhiy holatlarni ifodalashda til va uslub vositalarining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot tilni faqat mazmun tashuvchi vosita sifatida emas, balki travma, identitet inqirozi, begonalik va parchalangan xotira jarayonlarini modellashtiruvchi psixopoetik tizim sifatida ko‘rib chiqadi. Saleh obrazining ichki nutqi, sintaktik uzilishlar, epistemik noaniqlik, jimlikning muloqot strategiyasiga aylanishi, shuningdek, dengiz metaforasi va intertekstual ishoralarning ruhiy funksiyasi alohida tahlil etiladi. Cathy Caruthning travma nazariyasi, shuningdek Okungu, Soleymanzadeh, Allahyari va boshqa tadqiqotchilar qarashlari asosida Gurna poetikasida “fragmentar xotira”, “kechikkan idrok” va “fluid identitet” tushunchalarining lingvopoetik talqini yoritiladi. Xulosa o‘rnida “By the Sea” postmustamlaka ruhiyati va til–ruhiyat munosabatini o‘zida mujassam etgan muhim badiiy-nazariy model ekani asoslab beriladi.