O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida logistika xizmatlarining istiqbollari

Authors

  • Hasanov Ozodbek Sadriddin o’g'li Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boyicha) yo‘nalishi 3-kurs talabasi Author
  • Asqaraliyev Saidali o’qituvchi Ilmiy rahbar, Namangan davlat universiteti Author

Keywords:

qishloq xo‘jaligi, logistika xizmatlari, agrologistika, transport-logistika tizimi, agrar sektor, logistika infratuzilmasi, eksport logistikasi, logistika samaradorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, logistika istiqbollari

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasida logistika xizmatlarining hozirgi holati, rivojlanish tendensiyalari hamda istiqbollari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonlarida logistika tizimining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Maqolada transport-logistika infratuzilmasining mavjud holati, agrar sektorning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, eksport salohiyati hamda xalqaro reytinglar asosida O‘zbekistonning logistika samaradorligi baholangan. Tadqiqot jarayonida milliy statistika ma’lumotlari, FAO(bu Food and Agriculture Organization of the United Nations, ya’ni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti.) va Jahon banki hisobotlari, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari asos qilib olingan. O‘rganish natijasida qishloq xo‘jaligida logistika xizmatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot xulosalari agrar sohada logistika tizimini takomillashtirish, eksport raqobatbardoshligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Downloads

Published

28-12-2025

How to Cite

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida logistika xizmatlarining istiqbollari. (2025). INTERNATIONAL CONFERENCE ON SUPPORT OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION., 1(5), 91-96. https://eoconf.com/index.php/icsmsi/article/view/642